
Haftasiga 1 million funt! Bu maoshni kim rad etadi?
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi “Napoli”ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxenni transfer qilishga jiddiy qiziqmoqda.
Sky Sports nashrining yozishicha, saudiyaliklar ikkinchi taklifini yubordi. Ular Neapol klubiga 120,3 million funt badal puli taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, “Al-Hilol” xo‘jayinalari Osimxenning o‘ziga haftasiga 1 million funt miqdorda maosh to‘lashga tayyor.
“Al-Hilol” tarkibini Evropada tanilgan yulduzlar bilan to‘ldirmoqchi. Hozirgacha bu klub Kalidu Kulibali, Sergey Milinkovich-Savich, Ruben Nevesh va Malkomni o‘z safiga qo‘shib llishni uddaladi.
Fikrlar