Hakam zerikkanidan penalti berib yubormadi, muammo ularning o‘zida

  • 2 sentabr, 2022, 22:19
  • Karim Xudayqulov
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

17 yil o‘tgach, "Navbahor" O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Jamoa va ayniqsa muxlislar bunga loyiq.

Tecno

Bilasizmi, so‘nggi paytlarda futbolimizda hakamlarga bosimni juda kuchaytirib yuborayapmiz. Sun’iy tarzda. Har qanday yuqori saviyadagi uchrashuvda bu kabi elementlar sodir bo‘ladi. Hatto ba’zan VARning aralashuvi ham muxlislar kutgan narsani taqdim etmaydi. Chunki ayrim vaziyatlarga hamma o‘zi qarashni xohlagan tomondan qaraydi.

"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinida belgilangan penalti (ikkinchisi) adolatli yoki adolatsiz, bu haqda gapirish niyatim yo‘q. O‘ylaymanki, ularning har ikkisi yarim finalga chiqish uchun loyiq o‘yin ko‘rsatdi. Biroq kimdir yutishi kerak edi. Penaltiga keladigan bo‘lsak, baribir qandaydir asos bor edi (oz bo‘lsa ham). Hakam zerikkanidan penalti berib yubormadi. VAR ishlamagan o‘yinda inson faktorini ham inobatga olish kerak. Balki, qarama-qarshi tomonda shunday vaziyat yuzaga kelganda ham referi 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan bo‘larmidi?!

Savol: Bizda haqamlik o‘zi qanday darajada?
Javob: Futbolimiz qanday bo‘lsa, hakamlik ham shunday.

"Sherlar" so‘nggi yillarda o‘zbek futbolining haqiqiy gegemoniga aylandi. Ular bilan bastlashadigan jamoa yaqin yillarda topilmadi. Bu mavsum vaziyat o‘zgardi. "Paxtakor" o‘yin va natijalar jihatdan oldingidek emas. Har holda, Arveladze yoki Xyuistra jamoasi bilan bunaqa muammolar vujudga kelmagan. Chindan ham kuchli jamoa baribir g‘alaba qozonadi. Bir o‘yinda durang, ikkinchisida esa "Navbahor" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Demak, muammo poytaxtliklarning o‘zida. Bor gap shu.


                                                                                                                      Xudayqulov Karim tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
03/09/2022 10:11
Судья хам наманганлик "к“ экан
Sevinch Sadullayeva
03/09/2022 08:45
Uzbda hakamlik darajasi bunaqa intrigali futbol darajasiga umuman mos emas!!! Daje tayyormas! Bunaqa oyinlaga iloj bosa xorijdan hakam olib kelish kerak
Aziz Yuldashev
02/09/2022 23:40
Муаллиф ўзингаям, фикрингаям тупардим. 2-пенальти қўйилган вазиятни кўрдингми, тўпга ўйнаганку Алибоев
&
Muhiddin
02/09/2022 23:24
Тўғри пахтакор битта голни хисобламаганда айтарли вазият ярата олмадику Максни уз айбини судяга ағдариши жуда кўпайиб кетди
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
02/09/2022 22:40
Pahtakor oldinkidan kura ham kuchli uyin hamma narsa joyiga shunchaki raqibla jang taklef qilapti Pahtakorni uyinchilarini chezma buyicha ham solishterib kuring bitta masharipovni aytma qolgani zur ekan. bugun kurdim. shunchaki. bunoqanki temp balan uyinlarga sudiya pasev ekan. oddiy misol. qushimcha vaqtni qarang. tugri aytarli hato emas lekin kuchli sudiya har qanday mayda dedalga etibor beradi. keyin nimaga PFL bilardiki. VAR ISHLAMASA bunoqa faziyatlar kup bulishini. keyin. nima uchun VAR quymagan. yoki Uzbekistonga umuman yuqlegi uchunmi. yoki chorak fenalgacha uzlari hohlagan legiropkani qilib olish uchunmi.
Gulomqodir Askhanov
02/09/2022 22:32
Менимча уйин буйича 60% га 50% Навбахор ютди.
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
02/09/2022 22:29
Hakamlik darajani uzi yuq 00000000000000000
&
Турсунов Рамазон
02/09/2022 22:24
Бизда хакамлик савияси жуда пас.Акабурхужа Эрматовга ухшаган хакам йук.