
Hakamlar komissiyasi: Bu vaziyatda Azim Ahmedovga sariq kartochka ko‘rsatilib, "Qizilqum" foydasiga penalti belgilanishi kerak edi
O‘zbekiston Coca cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvining 85-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida ro‘y bergan holat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, "Qizilqum"ning 21-raqamli futbolchisi Orifxo‘ja Abduholiqov to‘p uchun kurashda "Navbahor" vakili Azim Ahmedovga nisbatan qo‘pollik ishlatmagan, aksincha darvoza tomon ketayotgan to‘p Azim Ahmedovning qo‘liga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketgan. Bu vaziyatda futbolchi qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, o‘z tanasini notabiiy ravishda kattalashtirib, to‘pning yo‘lini to‘sgan.
Hakam bu vaziyatda Azim Ahmedovga sariq kartochka ko‘rsatib, "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgilashi kerak edi" - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.
Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv bosh hakami harakatlari yuzasidan chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilganini ma’lum qilamiz", - deyiladi bayonotda.
Fikrlar
Каердаги гуржи хакамни куймасдан.
Бу бечора хакамда хам айб йук аслида. Куркканидан нима килишни билмай колди. Пенальти куяй деса, Навбахор мухлислари еб куйишади. Ундан кура, пенальти бермаган маъкулрок деб уйлади. Хамма айб хакамлар кумитасида.