
Hakamning ruhsatisiz maydonga tushgan Riberiga sariq kartochka ko‘rsatildi
Xabaringiz bor kecha Germaniya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida Dortmundning “Borussiya”sini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Qizig‘i, o‘yinning birinchi bo‘limida maydon egalari yarim himoyachisi Frank Riberi hakamning ruhsatisiz maydonga tushgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Aytish lozimki, shifokorlar yordamida maydonni tark etgan Riberi qoidaga ko‘ra uchrashuv hakamining maxsus ishorasi bilan o‘yinga qo‘shilishi kerak.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada jami 9ta uchrashuvda ishtirok etdi, biroq, hozircha o‘z hisobiga birorta gol yoki golli uzatma yozdirib qo‘yganicha yo‘q.
Fikrlar