Hakim Fuzaylov: "Jamoaga yangi havo kirib keldi"

  • 7 avgust, 2022, 22:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Buxoro” klubi pro liganing 14-turida “Yangier”ni qabul qilgan holda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan keyin “Buxoro” bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Transfer oynasi ochilganidan so‘ng, jamoamiz tarkibiga bir qator iqtidorli yosh futbolchilarni qo‘shib oldik. Yig‘inimiz ajoyib tarzda, yaxshi sharoitlarda o‘tdi, desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Jamoaga yangi havo kirib keldi.

O‘zingiz ko‘rdingiz, jamoa yaxshi tomonga o‘zgargan. Lekin hali qiladigan ishlarimiz anchagina. Xatolar bor, himoyada bunday xatolar qilish yaramaydi. 1:0 hisobida oldinda bo‘la turib, bo‘shashish kerak emasdi. Umuman olganda, bugungi o‘yin ijobiy taassurot qoldirdi. Asosiysi, natija. Oldimizda jamoani Superligaga chiqarish vazifasi turibdi. Turnir jadvalidagi liderlar bilan oradagi farq katta. Yana 4 turdan keyin turnirdagi o‘yinlar yakunlanib, pley-off bosqichi boshlanadi va aynan o‘sha erda barchasi hal bo‘ladi", - dedi Hakim Qayumovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!