Hakimi uchun kurashga EChLning amaldagi g‘olibi ham qo‘shildi
Londonning "Chelsi" klubi "Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda FCInterNews nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” 22 yoshli marokashlik futbolchini joriy yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. "Neradzurrilar" esa klubda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar sabab Ashrafni sotib yuborishi mumkin. Biroq Milan klubi shunda ham uni 70 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Aytish lozimki, “Chelsi” Hakimi uchun kurashda PSJ va "Bavariya" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Ashraf Hakimi o‘tgan mavsum "Inter" safida jami 45 ta o‘yinda ishtirok etdi va 7 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar