Hali Babayanni selektsiyada yakunlamagan ishi bor...

  • 2 fevral, 2024, 01:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi chempionatimiz oldindan qanday o‘tishini tasavvur qila olyapsizmi? Menimcha, ha. Yangi boshlanajak Superliga o‘z nomiga va maqomiga har qachongidan mos ravishda o‘tishini o‘ylayotgan bo‘lsangiz kerak-a? Bunga sabab chempionlik uchun da’vogar klublar qishki selektsiyadayoq transferlar borasida jiddiy raqobatlashishyapti. Ayniqsa, “Nasaf”, “Neftchi” va “Navbahor” tan olish kerak, hozirda nom jihatidan boshqalarda sezilarli darajada kuchayishdi. Albatta, qolganini maydonda ko‘ramiz. Lekin amalga oshirayotgan transferlaridan bu klublarning maqsadi o‘ta jiddiyligi sezilyapti.

Tecno

navbahoryo_1

Kuni kecha “Navbahor” klubi selektsiyada ikkita jiddiy yurishni amalga oshirdi. “Paxtakor”ning asosiy futbolchilari – Farruh Sayfiev va Odil Hamrobekov rasman “Navbahor” a’zosiga aylandilar. Bu orqali Samvel Babayan raqobatchilarini ortda qoldira oldi. Chunki ikki futbolchiga xaridorlar etarlicha edi.

“Navbahor” o‘tgan yili o‘z maqsadiga erisha olmagach, ko‘pchilik yangi mavsumda namanganliklar safini yoshartirilishini taxmin qilishgandi. Buning ustiga jamoa “motori” va yuragiga aylangan Oston O‘runov klubni tark etgandi. Shunga qaramay, namanganliklar yangi mavsumda ham yana jiddiy maqsadlar uchun kurashishi ma’lum bo‘ldi.

o‘runov_1

Babayan O‘runov ketgan bo‘lsa, o‘rnini uning darajasidagi futbolchilar bilan to‘ldirishni uddalayapti. Boshida namanganlik ishqibozlarda O‘runovning ketishi tufayli xafagarchilik kayfiyati yo‘q emasdi. Babayan esa Sayfiev va Hamrobekov transferidan so‘ng “Navbahor” muxlislarini tinchlantiryapti. Darvoqe, undan avval Ruslan Jiyanov bilan Siyavush Haqnazari ham qo‘lga kiritganini unutmaslik kerak. “Nasaf” va “Neftchi”ning o‘ziga yarasha katta transferlaridan so‘ng bu yoqda Babayandan o‘ziga xos “yurishni” ko‘ryapmiz. Aftidan, bu hali hammasi emas. “Navbahor” yana “bomba” transferni amalga oshirish taraddudida.

odil1_1

Albatta, “Navbahor”ni tark etgan futbolchilardan xabardor bo‘lsangiz kerak. O‘runovdan tashqari, Shahboz Jo‘rabekov, Davron Hoshimov, Jasurbek Yaxshiboev, Doniyor Abdumannopov, Luka Chermel, Temurxo‘ja Abduxoliqov hamda Ignatiy Nesterov klub bilan xayrlashishgan. Samvel Babayan tarkibni qanday va kimlar yordamida to‘ldirishni juda yaxshi biladi. Yuqoridagi transferlar bunga yaqqol misol.

Ha, sifat jihatidan ham “Navbahor” juda foydali va o‘ta zarur o‘yinchilarni qo‘lga  kirityapti. Hali Babayanni selektsiyada yakunlamagan ishi bor...

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yunusov Bahrom
02/02/2024 15:28
Jaloldo ham shu yerda
Искандар Нарзикулов
02/02/2024 09:31
Жозе билан Самвелни иш услиби бир бирига ухшаш тайерига айеор йакунда мана
&
chorvoq
02/02/2024 08:32
Хали Навбахор Рустам Ашурматов ва Азиз Турғунбоевни хам таништиришни кутиб турибди
&
chorvoq
02/02/2024 08:29
Бу йил хам хомийлар анча бақувват, пул хақида қайғуравермаймиз мухлислар, шунча маблағ эссиз, ундан кўра касалхона, мактабга бермайдими деб. Бутун бошли Наманган вилояти учун нормал холат. Бу проект яна икки йил давом этиши такидланган
&
Камбарали дехконов
02/02/2024 07:27
Шунча олди сотига кетган маблакка Чемпионликни сотиб олса булар.Сумма анча баланд начора чидаймиз.
Тажибоев Мирзаакбар
02/02/2024 06:35
Жалолиддин Машарипов хам Навбахорда олға йигитлар
Бойдедаев Толиб
02/02/2024 02:27
Bir chempion bo‘laylik hudo hohlasa nechyildan beri kutyamiz ahir