Hamdamovning jamoasi pulsiz qolishi mumkin
Maxachkalaning “Anji” klubi moliyaviy jihatdan og‘ir axvolga tushib qolishi mumkin. Bu haqda rus OAVlari xabar tarqatmoqda.
Klub xo‘jayini Osman Kadiev ushbu loyihani moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi. Chunki bu o‘zini oqlamayapti.
Shu bois “Anji” ayni damda o‘ziga yangi investor qidirishni boshlab yuborgan. Biroq, jamoa premer-ligadan tushib ketsa, homiy topish ham qiyinlashadi.
Eslatib o‘tamiz, "Anji"da hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar