Hamidjon Aktamov: Agar boshqa vaziyatlardan ham foydalana olganimizda, hisob yanada yirikroq bo‘lardi

  • 18 avgust, 2019, 23:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Dinamo” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Bugun bizga g‘alaba kerak edi. Harakat qildik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. O‘yin jangovar kechdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Agar ulardan foydalana olganimizda, hisob yanada yirikroq bo‘lardi. Muhimi g‘alabaga erishdik. Mehmonlarga keyingi o‘yinlarda omad tilayman, - dedi Aktamov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!