Hammasi tugadi! Xabi Alonso ziddiyatdan keyin Vinisius bo‘yicha yakuniy qarorini aytdi

  • 31.10.2025 17:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Malrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning braziliyalik legioneri Vinisius Junior masalasi bo‘yicha o‘zining yakuniy qarorini omma e’tiboriga havola etdi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi “el-klasiko”ning 73-daqiqasida zaxiraga olingan pallada Xabi Alonsoga ochiqchasiga e’tiroz bildirgan, zaxiraga o‘rindig‘iga bormay, to‘g‘ri ichkariga kirib ketgan. Bundan tashqari, uchrashuv tugaganidan keyin “Barselona” etakchisi Lamin Yamil bilan janjal keltirib chiqargan.

Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin Vinisius klub, jamoadoshlari va prezidentdan uzr so‘radi, biroq Xabi Alonsoning nomini keltirib o‘tmadi.

Bu masala bir necha kun ichida chuqurlashib ketdi. Vinisius Junior klubdan ketishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatildi. Masalaga klub xo‘jayini Florentino Peresning ham aralashishiga to‘g‘ri keldi.

Ziddiyat fonida Xabi Alonso o‘z qarorini bildirib o‘tdi.

-  Vinisius Junior qilmishlari uchun jazoga tortilmaydi. Masala yopildi. Uning jamoa oldidagi uzri hamma uchun kifoya, deb hisoblaymiz, - dedi Xabi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!