Hammasi yolg‘on! Mundial oldidan terma jamoadagi mojaroga prezident aralashdi

  • 23.05.2026 08:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati boshlanishiga bir necha kun qolganida, Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF)  terma jamoaning mukofot pullarini kamaytirmoqchi ekani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

“Lans” va “Nitsa” o‘rtasidagi Frantsiya kubogi finali munosabati bilan “Stad de Frans” stadioniga kelgan FFF prezidenti Filipp Diallo RMC mikrofon qarshisida bu xabarni keskin rad etdi.

​- Men ham bu xabarni o‘qidim va juda hayron qoldim, chunki u yerda yozilganlarning hammasi yolg‘on. Men futbolchilar bilan uchrashganim ham, ular bilan mukofot pullari haqida gaplashganim ham yo‘q.

Hammaningizni tinchlantirmoqchiman, Federatsiyaning moliyaviy ahvoli a’lo darajada. Bu yilgi budjetimizni ijobiy yakunlaymiz, kelasi yili esa rekord darajadagi budjetni taqdim etmoqchimiz.

Bu iddaolar qaerdan paydo bo‘lganini bilmayman, lekin ularni mutlaqo asossiz deb ayta olaman. Qolaversa, Federatsiyaning asosiy maqsadi har doim Frantsiya terma jamoasiga o‘z oldiga qo‘yilgan sport maqsadlariga erishishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berishdir, - dedi futbol federatsiyasi rahbari Filipp Diallo.

Prezident tushunmovchilikka barcha nuqtalarni qo‘yib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!