Haqiqatni Ronalduning o‘zi aytishi kerak!

  • 23.08.2022 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” pleymeykeri Brunu Fernandesh jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

- Ronalduning kelajagi borasida turli taxminlar ko‘p, lekin bor gapni uning o‘zi aytishi kerak. Men bu masala haqida ayrim narsalarni bilganim bilan ular mening ishim emas.

Ronalduning o‘zi ancha xotirjam, o‘tgan hafta ancha ter to‘kib mehnat qildi. U o‘z ishini ilgari qanday bajargan bo‘lsa, hamon shunday qilmoqda.

Ayni paytda Krishtianu “Manchester Yunayted” o‘yinchisi, kelajakda qoladimi yoki yo‘q, men buni bilmayman.

O‘zi ta’kidlaganidek, yaqinda Ronaldu bor gapni aytib beradi va o‘shanda hammasini uning o‘zidan so‘rab olish imkoniyatingiz bo‘ladi.

Men hozir “Manchester Yunayted”da Ronalduning qolishiga biror kishi qarshilik qiladi, deb o‘ylamayman. U hamon yuqori saviyada o‘ynab, ko‘p gol urishga qodir. Biz Krishtianuning har qanday qarorini hurmat qilishimiz kerak, - dedi Brunu Fernandesh.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!