Harri Keyn "Bavariya"da ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda

  • 25 oktabr, 2024, 10:07
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kuni kecha UEFA Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi bellashuvda raqib darvozasini ishg‘ol etgan Harri Keyn joriy mavsum hisobidan o‘zining 14-golini kiritdi.

Angliyalik futbolchi myunxenliklar safida bu mavsumda ajoyib sermahsullik namoyish etmoqda. Forvard Chempionlar ligasining o‘zida 5 bor raqib darzabonlarini ranjitishga ulgurdi va hozirda to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.

Germaniya chempionatida esa, 7 ta gol bilan to‘purarlik borasida ikkinchi natijani qayd etgan.

Bundan tashqari, ingliz futbolchisida terma jamoa safida yo‘llangan 1 juft(ya’ni 2 ta)gol ham mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!