Harri Keynni Angliyada qaytarib olib ketishadi
Bundesliga etakchisi “Bavariya” jamoasida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Harri Keyn yozgi transferlar davrida o‘z yurti Angliyaga qaytib ketishi mumkin.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, ikki yil avval mohir hujumchini myunxenliklarga qariyb 100 million evro transfer qilgan “Tottenxem” sobiq yulduzini yana ortga qaytarmoqchi.
Buning uchun London klubi Keynning shartnomasidagi maxsus banddan foydalanishni ko‘zlayapti. Unga ko‘ra, angliyalik forvardni 2026 yilning yozida 65 million evroga transfer qilish imkoniyati belgilab qo‘yilgan.
Yaqinda “Tottenxem” bosh murabbiyi Tomas Frank jamoadagilar Harri Keynning ortga qaytishidan mamnun bo‘lishini va uni quchoq ochib kutib olishga tayyor ekanini ta’kidlagan edi.
“Bavariya” bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan 32 yoshli to‘purarni Transfermarkt portali 75 million evroga baholagan.



Fikrlar