Hasanboy Do‘smatovga menejeri qanday va’da bergandi?

  • 19 dekabr, 2020, 16:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov professional boksda ikkinchi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.  Yurtdoshimiz 24 yanvar kuni Rossiyada mezbon bokschi Artyom Tkachenko (5-0, 3 KO) bilan to‘qnash keladi.

Biz ushbu jang oldidan Do‘smatovga tayyorgarlik jarayonlari borasida bir-ikki savol bilan murojaat qildik.

Xas  

- Ma’lumki, professional boksdagi debyut jangingizdan so‘ng, anchagina tanaffus bo‘ldi. Qolaversa, koronavirus pandemiyasi tufayli, tayyorgarliklar ham ko‘ngildagidek bo‘lmagandir. Umuman olganda, jismoniy holatingiz qanday?

- To‘g‘ri, karantin tufayli barcha sportchilarda biroz to‘xtalish bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, biz mashg‘ulotlarni olib bordik. Barchasi joyida.

- Nega endi ikkinchi o‘ta engil vazn (52 kg) toifasida jang qilayapsiz? Bu vazn siz uchun qulaymi?

- Menga jang qilishim borasida 14 kun qolganda aytishdi. Shuning uchun sog‘liq nuqtai nazardan 5-6 kg vazn tashlashni xohlamadim. Chunki, tabiiy vaznim 55-56 kgda yuradi. Yakunda, 52 kg vazn toifasini tanladim.

- Bu raqibingiz Artyom Tkachenkoning vazn toifasi hisoblanadi. Shuning uchun sizga qiyinchilik tug‘ilishi mumkin?

- Tkachenkoning bir-ikkita jangini ko‘rdim. Professional ringda mendan tajribali hisoblanadi. U 5 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Shunday bo‘lsa ham, bu jangga tayyorman. Nasib qilsa, g‘alaba qozonib, barchani xursand qilamiz, degan umiddaman. Qisqa qilib aytganda o‘zimga ishonaman!

xas1

- Viza masalasida qanday yangiliklar bor?

-  Yangi yildan keyin hal bo‘lib qolsa kerak. Menejerlarimiz ham yangi yildan AQShga borishimni va u erda mashg‘ulotlar olib borishimni aytdi.

- Menejeringiz Vadim Kornilov bilan shartnoma va umuman kelajagingiz borasida suhbatlashdingizmi?

- Albatta, bu borada ko‘p suhbatlashib turamiz. U 3 yoki 4-jangimda chempionlik tituli uchun ringga ko‘tarilishim borasida va’da bergan va bunga astoydil harakat qilishini aytgan.

- Bu jangingizda murabbiyingiz Ziyoyiddin Tayg‘onboev hamrohlik qiladimi?

- Albatta, ustoz yonimda bo‘ladi.

- Moslashish jarayoni ham muhim hisoblanadi. Demoqchimanki, Rossiyaga qachon yo‘l olmoqchisizlar? 

- Hozircha chipta olingani yo‘q. Lekin 21 dekabrga mo‘ljallab turibmiz. 

- Suhbat uchun rahmat va o‘z o‘rnida kutilayotgan jangingizda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

- Katta rahmat!

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi jangini o‘tkazadi. Jang sanasi va raqib ham ma’lum

Davron Fayziev: "Sergey Kovalyov professional boksda "katta nom" hisoblanadi"

Xurshidbek Normatovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Raqib jiddiy...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!