
Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi jang sanasi ma’lum
Eng nomdor bokschilarimizdan biri Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Xabaringiz bor, Do‘smatov IBA Champions Night turnirida munosib ishtirok etib, chempionlik kamari uchun ispaniyalik Samuel Karmonaga (10-1,4 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘lgandi. Ular 14 aprel kuni jang qiladigan bo‘lishdi.
Biz ushbu voqeylik yuzasidan Hasanboy bilan bog‘landik.
- Ha, albatta shunday deb ayta olaman. Lekin hali rasman reklamalar va boshqa ishlar amalga oshirilmadi. Biz shartnomalarni imzoladik. 14 aprel kuni jang qiladigan bo‘ldik.
Eslatib o‘tamiz, IBA Champions Night turniri finaliga yana bir vakilimiz Mirazizbek Mirzahalilov ham yo‘l olgan. U chempionlik kamari uchun rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Sambo: O‘zbekiston chempionatining 1-kungi g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing!
Islom Maxachevning bu yil nechta jang o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Iliya Topuriya jurnalistning savoliga noodatiy javob berdi
Den Xuker Volkanovskiga ajoyib maslahat berdi
Fikrlar