Haydalgan bosh murabbiy futbolchilar ishonchini yo‘qotgan ekan...

  • 13.02.2026 19:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasida qolish uchun kurashayotgan “Nottingem Forest” rahbariyati jamoa natijalari pastligi tufayli  yaqinda bosh murabbiy Shon Daychni ishdan bo’shatgan edi.

Endi ma’lum bo’lishicha, futbolchilari o’z ustozlariga bo’lgan ishonchni yo’qotganidan keyin  jamoada kurashuvchanlik salohiyati keskin pasayib ketgan.

Daily Mail Sport nashrining xabar berishicha, Shon Daych jamoaga kelgan dastlabki paytda futbolchilar uning to’g’ri chiziq bo’ylab o’ynash uslubini to’g’ri qabul qilgan. Biroq natijalar yomonlasha boshlagan sari, murabbiyda yangi g’oyalar bor-yo’qligi haqida shubhalar tug’ilgan.

Daych mashg’ulotlar jarayonida asosan futbolchilarning yugurishi va jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor qaratib, o’yin jihatlariga, taktik tayyorgarlikka yetarli darajada ahamiyat bermagan.

Shon Daych “o’rmonchilar”ni 2025 yil oktabrida qabul qilib olgan edi. Biroq 2026 yilning fevraligacha jamoada o’zgarish yasash olmaydi va yuqori o’rinlar uchun kurashishi kutilgan “Nottingem Forest” Premier-ligada jon saqlab qolishga harakat qilishga majbur bo’lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!