
Hech kimga kerak bo‘lmay qolgan Rossiya futboli yulduziga Saudiya Arabistonidan zo‘r taklif bor
Rossiyalik hujumchi Artem Dzyuba faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda "RIA Novosti".
Manbaning xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi uchun saudiyaliklar yiliga 3 million dollar maosh taklif qilmoqda. Dzyubaning o‘zi oilasi manfaatlarini o‘ylab Rossiyada qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Artemning so‘nggi klubi Turkiyaning "Adan Demirspor" jamoasi hisoblanadi. O‘tgan yilning 3 noyabr kunida klub hujumchi bilan shartnomani bekor qilgan. Shundan buyon forvard erkin agent.
Fikrlar