Here We Go! Endrik - "Lion" futbolchisi!
"Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik "Lion" futbolchisiga aylanmoqda. Bu haqida ishonchli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shartnoma ijara asosida tuzildi, lekin sotib olish sharti qo‘shilmagan. Shuningdek, hujumchi maoshining 50% to‘lab beriladi. Bundan tashqari, Endrik yozda yana madridliklar safiga qayta kelib qo‘shiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 19 yoshli forvard bu mavsum "qirollik klubi" safida atifi 3 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.



Fikrlar