Here we go: Xabi Alonso “Chelsi” bosh murabbiyi!

  • 16.05.2026 22:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso Angliya Premier-ligasida faoliyat olib borishga yaqin. 

Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, Alonso “aristokratlar” bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, u yozgi transferlar vaqtida klub ishlarida faol ishtirok etadi.

Xabi Alonso avval “Real”ni boshqargan, ammo jamoada yetti oydan ortiq ishlamagan.

Ayni paytda “Chelsi” APL turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Londonliklar Angliya kubogi finalida “Manchester Siti”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Hozirda jamoani vaqtincha bosh murabbiy sifatida Kalum Makfarlen boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!