
Hindiston MOQ prezidenti: "Pandemiyadan keyin Hindiston 2032 yilgi Olimpiya o‘yinlari mezbonligiga jiddiy kirishadi"
Hindiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Narinder Batra koronavirus pandemiyasi yakuniga etgach mamlakat 2032 yil yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun astoydil harakat qilishini aytib o‘tdi.
“Biz 2026 yilgi o‘smirlar yozgi Olimpiya o‘yinlari va 2032 yil kattalar o‘rtasidagi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun jiddiy kurashga kirishamiz. Hozir tayyorgarlik bo‘yicha biznes va hukumat vakillari haqida gapirishning vaqti emas. Avvalo, koronavirus bilan bog‘liq muammoni hal qilishimiz lozim. 2010 yil Dehli Birdamlik musobaqalarini qabul qilganidan keyin mamlakatimiz bundanda yirik, jumladan, Olimpiya o‘yinlari va boshqa kompleks musobaqalarini qabul qilishga tayyor ekanini tushunib etdik. Ammo bu tadbir sportni rivojlantirish va yangi atletlarni tarbiyalash kabi muhim meros qoldirmadi. Fakt shuki, bu erda sodir bo‘lgan bunday yirik voqea kerakli maqsadda ishlatilmadi”, – dedi Narinder Batra.
Bartraning ta’kidlashicha, koronavirus sabab joriy etilgan karantinga qaramasdan Hindiston delegatsiyasi yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpiadasida 10 tadan ko‘p medal qo‘lga kiritadi.
Ta’kidlash joiz, 2023 yil Hindistonning Mumbay shahri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 140-Sessiyasiga ham mezbonlik qiladi.
Fikrlar