Hindiston terma jamoasi o‘zbekistonliklar bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun yurtimizda keladi

  • 21 avgust, 2019, 13:59
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 6-13 sentyabr kunlari qo‘shni Qirg‘izistonning Qorako‘l shahrida o‘tkaziladigan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Tecno

Mazkur musobaqa oldidan futbolchi qizlarimiz Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borishadi. Poytaxtimizdagi yig‘in 27 avgust – 5 sentyabr oralig‘ida tashkil etiladi. Bundan tashqari ushbu yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkaziladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, terma jamoamizga Hindiston ayollar milliy terma jamoasi raqiblik qiladi. Dastlabki uchrashuv 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi o‘yin esa 2 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Har ikki uchrashuv ham “Yakkasaroy” stadionida soat 17:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!