
Hindistondagi turnirda sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz pul mukofotlari bilan taqdirlandi
Xabaringiz bor, joriy yilning 28 yanvar - 1 fevral kunlari boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilgan “Indian Open” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishgan edi.
Unda bokschilarimiz beshta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Boks federatsiyalarining takliflarini inobatga olib “Indian Open” xalqaro boks musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi bokschilar taqdirlandilar:
52 kg: Xudoynazar Fayzov (oltin medal) - 25 mln so‘m;
56 kg: Abdulhay Shorahmatov (oltin medal) - 25 mln so‘m;
69 kg: Bobo-Usmon Boturov (oltin medal) - 25 mln so‘m;
75 kg: Isroil Madrimov (oltin medal) - 25 mln so‘m;
+91 kg: Bahodir Jalolov (oltin medal) - 25 mln so‘m;
64 kg: Iqbol Xoldorov (kumush medal) - 15 mln so‘m;
-91 kg: Sanjar Tursunov (kumush medal) - 15 mln so‘m.
Shuningdek, bosh murabbiy Marat Qurbonov va katta murabbiy To‘lqin Qilichev 12 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
- So‘ngi 3-4 yil ichida bokschilarimiz xalqaro maydonlarda yuqori natijalarni qayd etib kelishmoqda. Bularning barchasi prezidentimizning sportga qaratayotgan e’tiborining samarasidir. Endi oldimizda Jakarta bo‘ladigan xalqaro turnir turibdi. Bu musobaqaga ham bokschilarni munosib tayyorlab, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga harakat qilamiz, - deydi bosh murabbiy Marat Qurbonov.
Fikrlar