Hojimat Erkinovdan so‘ng bir yosh hujumchi "Torpedo"ga o‘tmoqda

  • 11 iyul, 2022, 21:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Hojimat Erkinov ko‘chib o‘tgan "Torpedo" klubi o‘z tarkibini yana bir futbolchi bilan kuchaytiradi.

Gap shundaki, "Rostov" hujumchisi Maksim Turishev faoliyatini moskvaliklar safida davom ettiradigan bo‘ldi. Buni uning murabbiyi Dmitriy Kuznetsov tasdiqladi. 

"Turik yaqin orada "Torpedo" bilan shartnoma imzolaydi. Men hatto uning familiyasi nima ekanligini bilmayman. Borodyuk ("Torpedo" bosh murabbiyi) uni juda yaxshi ko‘radi. Aleksandr Genrixovich bilan kecha gaplashdik. Unga muvaffaqiyatli faoliyat nasib etsin. 

20 yoshli hujumchi "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum RPLda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta gol ura olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!