"Hojimat Erkinovdek futbolchilar butun Rossiya chempionatida juda kam"

  • 13 iyul, 2022, 20:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiyaning mashhur "Championat.com" saytida "Torpedo" klubi prezidenti Denis Maslov bilan katta intervyu bosilib chiqdi. Biz suhbatning o‘zbek futboli ixlosmandlari uchun qiziq bo‘lgan Hojimat Erkinov haqidagi qismini tarjima qildik.

Tecno

– Nima uchun Erkinov bilan shartnoma imzolashga qaror qildingiz?

"Bu hujumkor insayder. Uning tezligi yaxshi - bizning jamoada u kabi futbolchilar yo‘q. Butun Rossiya Premer ligasida ham juda kam. Yigitchada sovuqqonlik va dribling bor, jarima maydoniga yorib kirishdan ham qo‘rqmaydi. Bir qanotda Sultonov, boshqasida Erkinovni o‘ynatishni rejalashtirganmiz. Biz unga ishonamiz. Maks ikkalamiz muzokara o‘tkazish uchun O‘zbekistonga bordik va uch kun qoldik.

– Nega aynan uch kun?

"Chunki sharq bu - nozik masala. U erda 120 ta somsa emaguningizgacha, hech kim suhbatni boshlamaydi" (kuladi).

– Erkinovni "Torpedo"ga o‘tishga kim ko‘ndirdi? Unga bir necha klub da’vogarlik qilayotgandi...

"Men hammasini tushuntirdim. Biz birinchi marta futbolchi bilan muzokara o‘tkazayotganimiz yo‘q, ularni qanday qilib ishontirishni bilamiz. Qolaversa, Shomurodov uning uchun yaxshi misol".

SPORTS.uz muxbiri "Torpedo" bosh murabbiyi Aleksandr Genrixovich Borodyuk bilan bevosita bog‘langanida, u ham Erkinov haqida juda iliq fikrlarni bildirib, unga to‘liq ishonch bildirayotganini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!