"Hokim kubogi" g‘olibi qancha miqdorda mukofot puli oladi? Ikkinchi va uchinchi o‘rindagi jamoalarchi?

  • 23.01.2021 09:35
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

23 yanvardan "Farg‘ona viloyati hokim kubogi" boshlanadi. Musobaqada "Neftchi", "Qo‘qon-1912", "Istiqlol", "Turon", "Navbahor", "Andijon", "Bunyodkor", "Buxoro", qo‘shni Qirg‘iziston va ayrim klublarning ikkinchi tarkibi bilan qo‘shib hisoblaganda jami 16 jamoa ishtirok etadi. Bellashuvlar 2 fevralga qadar davom etadi.

Turnir g‘olibi kubok va 50 million so‘mga ega bo‘ladi. Ikkinchi o‘rindagi jamoa 30, uchinchi pog‘onani band etgan klub 20 million so‘mni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, boshqa ishtirokchilar ham qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Musobaqaning dastlabki o‘yini Qirg‘izistonning "Nur Batken" - "Andijon 2" o‘rtasida kechadi. Final 2 fevral kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirali Hcerali
23/01/2021 10:57
Голиб аник, нефтчи 2 _3
у'ринлар х,ам фаргона вилояти жамоаси аталган агар судялар х,алол ту'гри бошк,арса калтак ейди шунинг учун фаргона вилояти жамоаларига ён босишга мажбурдурлар