Hokim "Nasaf"ga va’da berdi
Xabaringiz bor, kecha "Nasaf" futbolchilariga uzoq kutilgan medallar topshirildi. Ushbu tadbirda viloyat hokimi Zoir Mirzaev ham ishtirok etdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimi "Nasaf"dagi moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishga va’da bergan. Qolaversa, fan klubga 200 million ajratilishini aytgan.
Avvalroq, moliyaviy ahvolning yomonligi sababli "ajdarlar" tarqatilib yuborilishi haqida xabarlar ham paydo bo‘lgandi.

Fikrlar