
Holand: "Abduqodirga vaqt bering, keyin ko‘rasiz"
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland "Chelsi"ga qarshi bahsdan so‘ng debyut qilgan Abduqodir Xusanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Husanov kuchli himoyachi. Bu uning uchun ilk o‘yin edi. Asabiylashish normal holat. Men ham "Liverpul"ga qarshi ilk o‘yinimda ham shunga o‘xshash holat bo‘lganini eslayman. Unga yana bir nechta o‘yin bering, shunda ko‘rasiz. deya ta’rif berib o‘tdi", - dedi norvegiyalik hujumchi.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli hujumchi "aristokratlar"ga qarshi bellashuvda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar