Hujumchi so‘ragan "Aston Villa"ga rad javobi berildi

  • 25.08.2026 19:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Aston Villa» hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Kristal Pэlas» forvardi Jan-Filipp Matetani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

The Times nashri xabariga ko‘ra, Birmingem klubi fransuz futbolchi uchun taxminan 25 million funt taklif qilgan, ammo bu miqdor «Kristal Pэlas»ni qoniqtirmagan. London jamoasi Mateta transferi bo‘yicha muzokaralarga tayyor, ammo uning bahosini 40 million funt atrofida ko‘rmoqda.

«Aston Villa»ning Matetaga bo‘lgan qiziqishi, avvalo, hujumchi Olli Uotkinsning kelajagi noaniqligi fonida kuchaygan. Uotkinsga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi jiddiy da’vogarlik qilmoqda. Shu bilan birga, birmingemliklar «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

«Aston Villa» yangi mavsumni Angliya premyer-ligasida omad siz boshladi — jamoa birinchi turda «Brayton»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Kristal Pэlas» esa start uchrashuvida «Everton»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!