
Hujumchining narxi birdan oshib ketdi
“Inter”ning chempion bo‘lishiga o‘z gollari bilan katta hissa qo‘shgan Romelu Lukaku Milan klubidan ketish istagini bildirganidan keyin uning narxi ko‘tarilib ketdi.
Avvaliga belgiyalik hujumchi faoliyatini “Inter”da davom ettirishini ta’kidlab, Angliyaning grand klublari taklifini rad etgandi. Biroq, klub rahbariyati bosh murabbiy Antonio Konteni iste’foga chiqarganidan keyin Lukaku ham bu jamoada qolmaydigan bo‘ldi.
“Inter” bu to‘purarga qudratli klublar xaridor bo‘layotganini inobatga olib, uning narxini keskin oshirdi va 28 yoshli hujumchi uchun 100 million evro talab qilmoqda.
To‘purarlar bahsida faqatgina Krishtianu Ronaldudan orda qolgan Lukakuning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha amal qiladi.
Fikrlar