"Humo" 3 nafar hokkeychi bilan shartnoma imzoladi

  • 4 avgust, 2022, 16:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Xokkey
TIGGO 2 PRO

Toshkentning "Humo" klubi rasmiy sahifalari orqali 3 nafar hokkeychi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

"Aleksey Kirillov - 29 yoshlik himoyachi, Novokuznetsk “Metallurg”ining tarbiyalanuvchisi. So‘nggi klubi: OXLda ishtirok etuvchi Xanti-Mansiyskning “Yugra”si, QXLda “Spartak” va “Lada” jamoalari tarkibida 97 ta o‘yin o‘tkazgan. 2020/2021 yilgi mavsumda esa OXL chempioniga aylangan.

Hujumchi Evgeniy Popitich - Perm hokkey maktabi tarbiyalanuvchisi. Bir nechta mavsumni Qozog‘iston chempionatida ishtirok etadigan “Qulager” jamoasi tarkibida o‘tkazdi, o‘tgan mavsum Polshaning “Krakoviyu” jamoasida bo‘ldi. Evgeniy - 2019/2020 mavsumda “Humo” tarkibida bo‘lgan Artyom Popitichning akasidir.

Hujumchi Andrey Karavaev. Novokuznetsk hokkey maktabi tarbiyalanuvchisi o‘tgan mavsumni OXLda ishtirok etayotgan “Tambov” XK tarkibida o‘tkazdi. Novokuznetsk “Metallurg”i tarkibida QXLda 23ta o‘yinda ishtirok etdi",-deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

humoga kelgan 3 hokkeychi_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!