Humoyun va Sanjar Qarshidagi turnirda g‘olib bo‘ldi

  • 14 oktabr, 2019, 10:04
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Qarshi shahrida erkaklar o‘ratasida tennis bo‘yicha "Fyuchers" turnirining hal qiluvchi o‘yinida iqtidorli tennischimiz Humoyun Sultonov qozog‘istonlik Beibit Jukaevga qarshi kortga chiqdi. 
 
Bosh sovrin uchun o‘tgan o‘yinda Humoyun raqibini 6:2, 6:1 hisoblarida mag‘lub etdi va turnir g‘olibiga aylandi.
 
Musobaqaning juftlik bahslarida hamyurtimiz Sanjar Fayziev va qozog‘istonlik Timur Xabibulin g‘alabaga erishib, bosh sovrin sohibiga aylanishdi. Ular juftlik bellashuvlarining final bosqichida Humoyun Sultonov hamda rossiyalik Anton Chexov tandemini 7:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!