
Husain Norchaev: Bu ko‘rsatma emasdi, o‘yindan oldin murabbiyimiz bilan bahs bog‘lagandik (video)
Kecha 8 sentyabr kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi saralashi doirasidagi Gongkongga qarshi o‘yin oldidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulot Terma jamoalari markazining maydonida (“Do‘stlik”) bo‘lib o‘tdi.
OTJ etakchilaridan biri Husain Norchaev "SPORTS.uz" saytiga bo‘lajak o‘yinlar va klubidagi faoliyati borasida kichik intervyu berdi.
"Birinchi o‘yinni ajoyib tarzda, tomoshabinlarga yoqadigan tarzda o‘tkazib oldik. Bu o‘zimizga ham yaxshi, chunki keyingi o‘yinlarda ishonch beradi. Ertangi bahsga ham yaxshi tayyorlanib, yurtimizga ajoyib g‘alaba taqdim etmoqchimiz.
Uchinchi golni murabbiylar shtabiga borib nishonladingiz, bu ko‘rsatma bo‘ldimi?
Yo‘q, bu ko‘rsatma emasdi, o‘yindan oldin murabbiyimiz bilan bahs o‘ynagandik. Uchta gol uraman degandim va buni uddalab xursandchilikda nishonladim.
Klubingiz "Alaniya" safida ko‘pincha zaxirada qolib ketyapsiz?
Bilmadim. Rostini aytsam, bu yil hali murabbiyim bilan o‘yin amaliyoti berilmayotgani haqida gaplashmadim. O‘z ustimda ishlayapman. Imkoniyat kutyapman, imkoniyat berilsa o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.
Oldinda Gongkong va Eron termasiga qarshi o‘yinlar bor. Hozir Gongkong bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Nasib bo‘lsa, Osiyo chempionatiga chiqishga harakat qilamiz", dedi Norchaev.
Fikrlar