
Husain Norchaev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik
O‘zbekiston U23 terma jamoasi hujumchisi Husain Norchaev Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Bugungi g‘alabamizni butun xalqimizga bag‘ishladik. Barchani keyingi bosqich bilan tabriklayman. Endilikda yarim final o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak.
Raqib haqida:
– Biz Saudiya Arabistoni bilan juda ko‘p marotaba o‘ynadik. Ularni o‘rganib chiqdik, murabbiylarimiz kuchli va kuchsiz tomonlari haqida ma’lumot berishdi. Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik.
Bu albatta yoqimli, biroq oldimizda yana muhim o‘yinlar bor. Maqsadimiz yo‘lida ushbu o‘yinlarda ham g‘olib bo‘lishimiz kerak.
Fikrlar