Husanov, xotirjam o‘ynayver, chunki...

  • 25 sentabr, 2024, 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lans”da o‘ynayotgan markaziy himoyachimiz Abduqodir Husanovning atrofida murakkab vaziyat yuzaga kelib qolgan edi. Hali ham bu masala to‘liq echimini topmagan. 

Tecno

Frantsiya klubi 2023 yilning yozida yosh futbolchimizni jamoa himoya chizig‘i etakchisi Kevin Dansoga o‘rinbosar sifatida olib kelgani ko‘p bora aytildi. O‘tgan mavsum Abduqodir Frantsiya chempionati, Evropa Chempionlar ligasi va Evropa ligasida turli sabablarga ko‘ra o‘yinda ishtirok etolmagan  asosiy himoyachilar o‘rniga maydonga tushib, tajribali jamoadoshlarining o‘rnini to‘liq bosa olishini ko‘rsatdi.

Bu orada “Lans” o‘z rejasiga amal qilib, Kevin Dansoni “Roma”ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsum ijaraga berishga kelishdi. Ushbu transfer lansliklarga 25 million evro keltirishi kutilgandi.

Aslida ham lansliklar 2021 yili 5,5 million evroga Germaniyaning “Augsburg” jamoasidan sotib olgan va bir necha mavsum o‘ynatib, qimmatiga sotishni rejalashtirgan edi. Bu reja amalga oshmay qoldi.

Avstriya terma jamoasining 26 yoshli himoyachisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan “Roma” uning yuragida nuqson borligi aniqlangani uchun transferdan voz kechdi.

Danso yana “Lans”ga qaytdi. Bu orada Abduqodir Husanov Liga 1  va Konferentsiyalar ligasidagi ishonchli o‘yinlari bilan jamoa qo‘llaydigan uch himoyachili taktikada Kevin Dansoning o‘rnini o‘ziniki qilib bo‘lgandi.  

Bosh murabbiy Uill Still oldida aqlli echim qilish kerak bo‘lgan yangi masala bo‘y ko‘rsatdi. Uning boshchiligidagi murabbiylar shtabi himoya chizig‘ini mahorat bilan boshqarayotgan Abduqodir Husanovni yana zaxiraga qaytaradimi? Yoki Husanovni himoyaning boshqa nuqtasiga olib o‘tadimi? Har holda “Lans” eng qimmat aktivlaridan bo‘lgan Kevin Danso navbatdagi xaridorga transfer qilinmagunicha uni o‘yin amaliyotisiz qoldirmasa kerak?

Xullas, javobini kutayotgan savollar chiqaveradi.

Hozircha, Abduqodir Husanov asosiy tarkibdagi mavqeini mustahkamlab olish uchun etarlicha vaqt va imkoniyatga ega.

Evropa matbuotining yozishicha, Kevin Dansoning yuragida anomaliya borligi aniqlangan.  Ya’ni, himoyachining yuragida chandiqlar paydo bo‘lgan. “Roma” aynan mana shu sabab transferni bekor qildi. Danso Rimga borgunicha uchta uchrashuvda qatnashdi, lekin yuragi bezovta qilmagan. Avval ham buni bilmagan.

O‘yinchiga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan keyin aniq tashxis qo‘yildi. Endi uning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi, chandiqlar olib tashlanadi va maxsus uskuna o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Kevin Danso maydonga qaytishdan oydin tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazadi. Har holda bu amaliyot bir necha oy vaqt olishi mumkin. Bu davrda esa, uning o‘rnida Abduqodir Husanov o‘ynab turishi tobora oydinlashib bormoqda.

 

Legionerimizni nega o‘ynatishmayapti?

Shomurodov jamoasida yana jiddiy o‘zgarish. Bu gal kim ishdan olindi?

Natijadan norozi Nikolich Fayzullaev haqida nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!