Husanov armon bo‘lib qolgan ekan...

  • 11 fevral, 06:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti”dagi faoliyatini boshlab olgan Abduqodir Husanovning nomi turli axborotlarda juda ko‘p yangrayapti.

Xususan, Rossiya Premer-ligasi debyutanti “Akron” jamoasini boshqarayotgan Zaur Tedeev matchtv.ru saytiga bergan intervyusida “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov va O‘zbekiston futbolining yutuqlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu mutaxassisning o‘zbek futboliga tegishli fikrlarini havola etadi.

- Ko‘z oldimda ajoyib misol – Anatoliy Yurevichning “Energetik-BU”da mukammal markaziy himoyachi – Abduqodir Husanovni tayyorlay olgani gavdalanadi.

Hozir bu yigit “Manchester Siti”da o‘ynayapti. Aytishim kerakki, “Alaniya”ni boshqarganimda Husanovni bu jamoaga olmoqchi bo‘lganman.

Abduqodirni ancha oldin ko‘rganimda, mana shu o‘yinchi menga kerak bo‘ladi, degan fikrga kelgandim. Bo‘lajak Virjil van Deyk etishib chiqyapti, degan sal xato bo‘lgan ekan.

“Akron”ga kelganimda esa, Husanov “Lans”ga o‘tib bo‘lgandi. U erdan bu himoyachini olish shunchaki imkonsiz ish edi...

Hozir O‘zbekistonda tarbiyalanayotgan o‘yinchilar darajasini Rossiyada ham ko‘rishni istardim. Rossiyada ham 20 yosh atrofida juda kuchli markaziy himoyachilar bo‘lishini xohlayman. Bizga aynan mana shu narsa etishmayapti, deb o‘ylayman.

Agar bu masalaga jiddiy e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bizda ham ana shunday yuqori darajadagi futbolchilar paydo bo‘ladi, - dedi Zaur Tedeev.

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov joriy yilning 20 yanvar kuni “Manchester Siti” futbolchisiga aylanganidan keyin Rossiya futbol jamoatchiligi milliy futboldagi agentlar, selektsionerlar, sport direktorlari va o‘yinchilarni tanlashga mas’ul mutaxassislarni o‘zbek futbolchisidek yorqin iste’dodlarni o‘z vaqtida payqay olmaganini malomat qildi.

Xususan, Abduqodir Husanov futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor”da o‘rganganidan keyin Belarusga yo‘l olgan. Hamyurtimiz 18 yoshga to‘lgunicha “Energetik-BGU” mashg‘ulotlarida shunchaki qatnashib yurgan.

“Energetik-BGU” bilan ilk professional shartnomasini 2022 yili tuzgan futbolchi bir yildan keyin Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni  “Lans”ga o‘tib ketdi.

Frantsiyadagi bir yarim yillik faoliyati davomida Evropaning eng kuchli himoyachilaridan biriga aylangan 20 yoshli legionerimizni olish uchun “Manchester Siti” bonuslar bilan jami 50 million evro xarajat qilishgani ko‘ngani haqiqiy shov-shuv bo‘ldi.

Hozir Zaur Tedeev qo‘l ostida boshqa o‘zbek futbolchisi – Sherzod Esanov to‘p tepmoqda. 21 yoshli markaziy yarim himoyachimiz o‘tgan yili yozda “Andijon”dan “Akron”ga ko‘chib o‘tdi.

Sherzod Tolyatti shahri jamoasi safida Rossiya Premer-ligasida va mamlakat kubogida olti marotabadan, jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Sensatsiya: Husanovning ustozi “Real”ning eng zo‘r o‘yinchisini oladigan bo‘ldi
Jahon chempioni Husanovga qanday baho berdi?

Legionerimiz jamoasini Evrokuboklarga olib chiqmoqchi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!