
Husanov bormi? "Lans"ning "Nant"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
Bugun Frantsiya chempionati 10-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
Legionerimiz Abduqodir Husanov harakat qilayotgan "Lans" bu turda o‘z uyida "Nant" qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.
Mazkur o‘yin uchun mezbonlarning qaydnomasi e’lon qilindi. 19 yoshli vakilimiz ham bu ro‘yxatda bor va jamoasiga yordam berishga tayyor.
Fikrlar