Husanovning "Everton"ga qarshi bahsda qayd etgan statistikasi bilan tanishing
APLning 35-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
“Manchester Siti” safarda “Everton” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Quyida uning o‘yindagi statistikasi bilan tanishing.
Husanov bahs davomida 90 daqiqa harakat qilib, gol va golli uzatma qayd etmadi. Uning kutilgan gol ko‘rsatkichi (xG) 0.01ni, kutilgan golli uzatmalar (xA) esa 0.02ni tashkil qildi.
Futbolchi 62 ta uzatmaning 58 tasini aniq amalga oshirib, 94 foizlik ko‘rsatkich qayd etdi. Shuningdek, u raqib jarima maydoni ichida deyarli faollik ko‘rsatmadi, bir marta noaniq zarba berdi.
Himoyaviy harakatlarda esa ancha ishonchli o‘yin namoyish etdi. Jami 10 ta himoyaviy harakatni amalga oshirib, 3 ta to‘p tortib olish (tackle), 3 ta blok va 4 ta tozalash (clearance) qayd etdi. Shu bilan birga, 8 marta to‘pni qaytarib oldi.
Duelarda ham samarali harakat qildi — yerdagi kurashlarda 6 ta urinishning barchasida g‘alaba qozondi, havodagi kurashlarda esa 2 ta urinishdan 1 tasida ustun keldi.

Fikrlar