Husanovning joyi o‘zgaradi

  • 28 iyul, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” o‘tgan mavsum kuzatilgan inqirozdan keyin tarkibni yangilash, yoshartirish va avlodlar almashinuvi jarayonida qator pozitsiyalarga yangi ijrochilarni olib keldi.

Tecno

Oxirgi ikkita transfer bozorida Xosep Gvardiola o‘z jamoasiga Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Umar Marmush, Niko Gonsales, Juma Ba, Tijani Reynders, Rayan Ayt-Nuri, Rayan Sherki, Sverre Nyupan singari o‘yinchilarni qo‘shib oldi.

Xo‘sh, “Manchester Siti” tarkibi to‘liq shakllandimi? Pozitsiyalarda yana qanday muammolar bor?

Bu kabi savollarga esteemedkompany.com portali eksperti Adam Marrett javob qidirdi. Sports.uz portali esa, ushbu mutaxassis fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga havola etadi.

- Yangi mavsum oldidan “Manchester Siti”ning yagona nozik nuqtasi – o‘ng qanot himoyasi bo‘lib turibdi. Xosep Gvardiola jamoasiga nazar solib, o‘ng qanot himoyachisi rolini bajarish uchun Matues Nunes va Riko Lyuis o‘zaro raqobat olib borishini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, “Manchester Siti” tarkibni to‘liq shakllantirishi uchun bu nuqtaga yana bir sifatli o‘yinchi suv va havodek zarur.   

“Manchester Siti”da hozirning o‘zida bu pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynay oladigan nomzod bor. Abduqodir Husanov markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, o‘ng qanot himoyachisi joyida o‘ynash uchun o‘zida barcha kerakli sifatlarni jamlagan o‘yinchi hisoblanadi va o‘z xizmatlarini taklif qilishga tayyor.

Balki Gvardiola yangi mavsumda aynan o‘zbek futbolchisini bu pozitsiyada sinab ko‘rishi eng to‘g‘ri qaror bo‘lar.

Nunes va Lyuis jamoaga nima bera olishini hamm yaxshi biladi. Nunes o‘z tezligi va o‘ng qanotdan oldinga o‘tishi bilan jamoa hujumlariga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Keyingi paytda raqib jarima maydonchasi tomon qulay pas oshirishni ham o‘rganib oldi. Lekin Nunes harchand urinmasin, himoyalanishda baribir bexato o‘ynay olmayapti.

Riko Lyuis esa, texnikasi yuqoriligidan foydalanib, to‘pni nazorat qilishga usta. Ammo u ko‘pincha, o‘ng qanotdan markazga o‘tib ketadi. Shu bois, aksariyat hollarda to‘p yo‘qotilgan vaziyatda uni o‘ng qanot himoyasida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Bu esa, himoya yaxlitligining buzilishiga olib kelyapti.

Abduqodir Husanov esa, bu ikki o‘yinchi fonida o‘ng qanotda ishonchli himoya qo‘rg‘oni bo‘lishi mumkin. O‘zbek legionerining tezligi katta, o‘yinni yaxshi o‘qiy oladi, yakkakurashlarda juda kuchli. Bu xususiyatlarning barchasi o‘ng qanot himoyachisidan talab qilinadigan sifatlardir.

Biroq Abduqodir ehtiyotkor o‘yin ko‘rsatishga ko‘nikkan, hujumga o‘tib ketavermaydi. Agar “Siti” uni qanotda o‘ynatsa, Nunes taqdim etadigan hujum keskinligi biroz pasayishi ehtimoli bor. Qolaversa, Abduqodir maydon markazida Lyuisdek samarali harakat qila olmasligi mumkin. Chunki bu uning joyi emas.

Ammo, eng asosiysi, “Manchester Siti”ning hujum uyushtiradigan yoki markazda to‘pni ushlab turadigan emas, birinchi navbatda, o‘ng qanotni  himoya qiladigan o‘yinchiga ehtiyoji bor. Husanov esa, bu maqsadga to‘liq mos tushadi.

Aslida “Manchester Siti” bu pozitsiyaga “Nyukasl”dan Tino Livramentoni olib kelmoqchi edi. Manchester Evening News nashri jurnalisti Tayron Marshallga ko‘ra, “Siti” bu transferdan voz kechdi. Endi Xosep Gvardiola bo‘shliqni ichki imkoniyatlar bilan to‘ldiradi.

Garchi o‘ng qanotda o‘ynashga Nunes va Lyuis asosiy da’vogar bo‘lsa-da, Abduqodir Husanov istalgan paytda ularning o‘rnini bosa oladi. Bu vazifasini uddalash uchun o‘zbek futbolchisining jismoniy va texnik imkoniyatlari, mahorati va salohiyati etarli. Shunday ekan, yangi mavsumda Abduqodir Husanov aynan mana shu pozitsiyada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va jamoaga yordam berishi ehtimoli katta, - deb yozdi esteemedkompany.com portali eksperti Adam Marrett.

Husanovga joy bormi? Gvardiola yangi tarkib shakllantiryapti

“Real” Husanovning jamoadoshi uchun ikki yulduzini beradi
Husanovning do‘stini “Real” oladi!
Fayzullaev TsSKAga “yangi Messi”ni kashf qilib ketdi

Fayzullaev bu futbolchilar orasida superyulduzga aylanadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!