
Husanovning do‘stini “Real” oladi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov klublar miqyosidagi faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirayotgani bois o‘zbekistonlik muxlislar ushbu jamoaga oid xabarlarni alohida qiziqish bilan kuzatib bormoqda.
Sports.uz portali buni inobatga olgan holda “shaharliklar” atrofida bo‘layotgan qiziqarli ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qilishni davom ettiradi.
“Real” uzoq vaqt davom etgan muzokaralar ijobiy yakunlanmaganidan keyin braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni sotib yuborishga qaror qildi.
Madridliklar 25 yoshli yulduzning maosh bo‘yicha talablarini bajara olmadi. Endi klub xo‘jayinlari legionerning shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganida, ya’ni 2026 yilning yozida uni transferga qo‘yyadigan bo‘ldi.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Vinisius Junior o‘rniga “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni olib kelishga bel bog‘lagan.
Cadena Ser nashrining ma’lum qilishicha, klub xo‘jayini bir necha yillardan beri jamoa hujum chig‘ida Kilian Mbappe va Erling Xoland tandemini tashkil qilishni o‘ylab keladi.
Peres norvegiyalik to‘purar transferiga yo‘natiriladigan mablag‘ni Vinisius Juniorni Saudiya Arabistoni klublariga sotib yuborish orqali topmoqchi. Saudiyaliklar anchadan beri braziliyalik yulduz uchun “dashhatli” summalar taklif qilib keladi.
Erling Xoland o‘tgan mavsum “Manchester Siti” bilan hamkorlik shartnomasini yangilab, uni 2033 yilning yozigacha uzaytirdi. Biroq ekspertlarning ta’kidlashicha, uning bitimida futbolchini transfer qilish imkonini beradigan bandlar bor. Ana shunday bandlardan biri 2026 yilning yozida kuchga kiradi.
Avvalgi mavsumda Erling Xoland barcha turnirlarda 48 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 34 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.
Vinisius Juniorning ko‘rsatkichlari norvegiyalik forvardnikidan pastroq bo‘ldi. Braziliyalik yulduz jami 58 ta o‘yinda 22 ta gol va 19 ta assist muallifi bo‘ldi. Bu natijalar har ikki futbolchi uchun nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritishga etarli bo‘lmadi.
Ta’kidlash joizki, Erling Xoland “Manchester Siti”ning etakchi o‘yinchilaridan biri sifatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Xosep Gvardiola jamoasiga borganidan beri uni qo‘llab-quvvatlab keladi. Mashhur hujumchi o‘zbek legioneriga do‘stona munosabatda va har doim yordamlashishga tayyor turadi.
“Manchester Siti” baribir shu futbolchini oladigan bo‘ldi
“Manchester Siti”da yangi mavsum oldidan Xosep Gvardiola boshchiligida avlodlar almashinuvi va tarkibni yangilash ishlari davom ettirilmoqda.
Hozircha, jamoaning eng nozik nuqtasi o‘ng qanot himoyasi bo‘lib turibdi. “Shaharliklar” bu pozitsiyaga “Nyukasl” vakili Tino Livramentoni taklif qilishni rejalashtirayotgan edi.
Orada manchesterliklar bu fikrdan qaytgangan bo‘lsa-da, vaziyat yana Livramento transferini kun tartibiga qaytardi.
TBR Football nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” 22 yoshli qanot himoyachisi uchun 57 million evrodan ko‘proq mablag‘ taklif etishni rejalashtirmoqda. Chunki Xosep Gvardiola yangi mavsum oldidan o‘ng qanot himoyasini mustahkamlashni talab qilyapti.
Livramento “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar” asosiy tarkibiga kira olmagan o‘yinchi 2021 yili “Sautgempton”ga ko‘chib o‘tgandi. Ikki yildan keyin “Nyukasl” uni 37,2 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan.
“Real” Husanovning jamoadoshi uchun ikki yulduzini beradi
Fikrlar