Husanov ham ular orasida! Gvardiola tarkibga kirmaydiganlar haqida gapirdi

  • 28 iyul, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishiga hissa qo‘shgan Xosep Gvardiola o‘z qarashlari, kutilmagan xulosalari, o‘tkir fikrlari bilan ham o‘ziga yarasha e’tibor torta oladi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis yangi mavsum oldidan ayrim masalalar bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi. Sports.uz portali taniqli murabbiyning fikrlarini o‘zbekistonlik muxlislar  e’tiboriga havola qiladi.

Gvardiola tarkibga tushmaganlardan xijolat

Xosep Gvardiola har gal “Manchester Siti” uchrashuvidan avval boshlang‘ich tarkibni shakllantirishda o‘yinchi tanlash qiyin kechishini aytdi.

- Jamoada 22-23 ta o‘yinchi bor. Har uch kunda bir men ular orasidan 11 ta boshlang‘ich tarkibni tanlayman. Bu ro‘yxatga tushmaganlar, meni ularni yomon ko‘radi, deb o‘ylaydi. Aslida aksincha, men ularni ko‘proq yaxshi ko‘raman, chunki ularni tanlay olmayotganimdan aziyat chekaman.

Ular esa, “Nega meni emas, boshqa o‘yinchini tanladingiz?”, deb so‘raydi, - dedi Xosep Gvardiola.

Gvardiola qariganini his qilyapti

40 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning biologik yoshi 28 da ekan. Bu borada siz necha yoshdasiz?

Bu savolga 54 yoshli ispaniyalik murabbiy quyidagicha javob berdi?

- Hozir 75 yosh bo‘lsam kerak. Tamom bo‘lganman, hamma joyim og‘riyapti. Balki test topshirsam, yoshroq chiqarman. Vaqt o‘tishi bilan hammasi joyiga tushishiga umid qilaman. Hozirdan tiklanish uchun yaxshi joylarni topib qo‘yishim kerak, - dedi Xosep Gvardiola.

Gvardiola “Siti”dan ketsa, nima qiladi?

Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunida tugaydi. Xo‘sh, undan keyin Pep nima qiladi?

- Men “Manchester Siti” bosqichi yakunlanganidan keyin to‘xtashimni bilaman. Bu bo‘yicha aniq qarorga kelib bo‘lganman. Lekin tanaffus qancha – bir, ikki, uch, besh, o‘n, o‘n besh yil davom etishini bilmayman.

Lekin “Siti”da keyin to‘xtashim zarur, o‘ziga va tanamga e’tibor qaratishimiz shart. Bobom aytganidek, menga xuddi mollar poezdning o‘tishini kuzatganidek qarang. Men shunday qilmoqchiman, - dedi Xosep Gvardiola

Maoshimiz katta, tanqidga chidashga etadi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zi va hamkasblari duch keladigan tanqiblarni qanday ko‘tarishi haqida gapirdi.

-  O‘tgan mavsumda har bir safar uchrashuvida fanatlar “Ertalab seni ishdan haydashadi!”, deb baqirdi. 60 ming odam seni haydalashingni bir paytda talab qiladigan boshqa kasb bo‘lmasa kerak.

Biroq kasbimiz yuqori daromadli bo‘lgani uchun tanqidlarga chidasak bo‘ladi. Agar bunga ko‘nmasang, boshqa ish top, - dedi Xosep Gvardiola.

 Xosep Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “shaharliklar” olti marta Angliya Premer-ligasi g‘olibi bo‘ldi. Klub tarixida ilk bor Evropa Chempionlar ligasida zafar quchdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov 20 yanvardan beri ispaniyalik mutaxassis jamoasida to‘p tepib keladi. 21 yoshli legionerimiz yangi mavsumda Gvardiola boshchiligidagi jamoaning asosiy tarkibiga kirish uchun harakat qiladi.

Husanovga muhim vazifa topshiriladi

Husanovning joyi o‘zgaradi

Husanovga joy bormi? Gvardiola yangi tarkib shakllantiryapti

“Real” Husanovning jamoadoshi uchun ikki yulduzini beradi
Husanovning do‘stini “Real” oladi!
Fayzullaev TsSKAga “yangi Messi”ni kashf qilib ketdi

Fayzullaev bu futbolchilar orasida superyulduzga aylanadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!