Husanovning Muhammad Saloh bilan “tanishib” olgan o‘yini qanday baholandi?

  • 24 fevral, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 26-turi musobaqada sovrinli o‘rinlar va Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoalar orasida faqat “Liverpul” omadli keldi.

Tecno

Arne Slot shogirdlari “Manchester Siti” maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Agar Abduqodir Husanovning ishonchli o‘yini bo‘lmaganida gollar soni yanada oshardi.

Bu turdagi g‘alaba liverpulliklarning eng yaqin ta’qibchi – “Arsenal” bilan ochkolar farqini yana uchtaga oshirdi. Chunki “kanonirlar” bu gal o‘z maydonida ancha zaiflashib qolgan “Vest Xem”dan qaqshatqich zarbaga uchradi – 0:1.

Uchinchi o‘ringa joylashib olgan “Nottingem Forest” gollar shousi namoyish etilgan bellashuvda “Nyukasl” maydonidan 3:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi.

“Manchester Siti” va “Liverpul” uchrashuvidan keyin nufuzli manba – cityxtra.co.uk portali ekspertlari mezbon futbolchilarning harakatlarini quyidagicha baholadi.

Ederson – 5:

Ikkala golda ham chap qanot bo‘sh o‘ynadi. Edersonning o‘zi bitta xavfli zarbani bartaraf etdi. Gollarni inobatga olmaganda, ishonchli o‘ynadi.

Riko Lyuis – 4,5:

O‘z darajasida o‘ynay olmadi. Birinchi golda uning aybi bor. To‘p uzatishda juda ko‘p xato qildi.

Abduqodir Husanov – 6:

Uchrashuvning birinchi qismida Muhammad Salohning ikki bor va Luis Diasning bir bor to‘p kiritishiga to‘sqinlik qildi. Biroq Abduqodir atrofidan joy olgan himoya tizimi shu kuni ish bermadi. O‘yinning ikkinchi yarmida Soboslaining darvozaga bergan zarbasini bloklab, hisobning yiriklashishiga yo‘l qo‘ymadi. Husanov bugungi kunda “Manchester Siti”ning eng zo‘r himoyachisi bo‘lib turibdi.

Natan Ake – 5:

Muhammad Saloh bilan to‘qnashuvda bir necha bor imkoniyatni boy berdi. Liverpulliklar uning hududidan o‘tib ketdi.

Yoshko Gvardiol – 5:

Muhammad Saloh bilan raqobatda o‘zini noqulay sezayotgani bilinib qoldi. To‘p yo‘qotgan holatlar bo‘ldi. Raqib jarima maydonchasi atrofida yaxshi to‘p uzatishlarni amalga oshirdi.

Niko – 6:

Jamoasi himoyalangan vaziyatda o‘yinni nazorat qilishga urindi. Hujum uyushtirishdan ko‘ra, himoyaga e’tibor qaratishiga to‘hri keldi.

Kevin de Bryuyne – 4:

Yaxshi o‘ynay olmadi. Uning yulduzli onlari ortda qolgan ko‘rinadi. Mahoratini ko‘rsatadigan va asosiy tarkibga loyiq ekanini namoyish qiladigan pallada ishonchli o‘ynay olmadi. Kreativlik etishmadi.

Savino – 6,5:

Hujumkor futbolchilar orasida eng yorqin o‘ynagan futbolchi Savino bo‘ldi. Ancha ter to‘kib, juda ko‘p yugurishiga to‘g‘ri keldi.

Fil Foden – 4:

Ilgari Foden ham xuddi Kevin de Bryuyne singari bunaqa uchrashuvlar taqdirini hal qilardi. Bu gal uning o‘yini besamar to‘p uzatishlar va uzoq masofaga yugurishga urinishlar bilan chegaralandi.

Omar Marmush – 5:

Oldingi chiziqda nimalardir qilishga urindi, lekin darvozaga yo‘l topa olmadi. Unga to‘p etkazib, hujum chizig‘iga chiqaradigan o‘yinchi topilmadi.

Jeremi Doku – 5,5:

Driblinglari sonining ko‘pligi, hech qanday samara bermadi. Raqibni aldab o‘tgani bilan hujumni yakunlash imkoni topilmadi.

“Manchester Siti” mag‘lubiyatga qaramay, musobaqa jadvalida Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rinda qoldi. Bu pog‘onaga “Nyukasl”, “Bornmut” va “Chelsi” futbolchilari ham da’vogarlik qilmoqda.

Xosep Gvardiola shogirdlari Angliya Premer-ligasidagi navbatdagi uchrashuvni 26 fevral kuni safarda “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazadi.\

Gvardiola ketsa, Husanovga kim ustozlik qiladi?

Gvardiola Husanovning “Real” va “Liverpul”ga qarshi o‘yini haqida nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!