
Husanovning raqobatchisi Turkiya klubiga o‘tishi mumkin
"Manchester Siti"ning shveytsariyalik himoyachisi Manuel Akanji klubni tark etishi mumkin. Yaqinda Turkiyaning "Galatasaroy" klubi 30 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha "shaharliklar"ga rasmiy taklif yuborgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Jurnalist Rob Dousonning ta’kidlashicha, "Manchester Siti" Akanjini Turkiyaga jo‘natishga tayyor, biroq faqat taklif etilgan summa klubni qoniqtirsagina. Akanji 2022 yildan beri Angliyaning nufuzli jamoasida to‘p tepib kelmoqda.
U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt sayti futbolchining qiymatini 28 million evroga baholamoqda.
Fikrlar