
Husayn Norchaev: Hujumchi uchun to‘purarlar orasida bo‘lish yoqimli
OFK Kubogi-2021 hududlari yarim final bahsida "Nasaf" Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasini qabul qildi va yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozonib musobaqaning keyingi bosqichiga chiqdi. Bellashuvda uchta gol kiritib musobaqa to‘purariga aylangan Husayn Norchaev bellashuv haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Avvalambor barchani muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarning ham kechagi g‘alabada hissasi katta bo‘ldi. Muxlislar ko‘z oldida futbol o‘ynash yoqimli. O‘yin to‘liq bizning nazoratimizda o‘tdi desam ham bo‘ladi. Kerakli natijani qo‘lga kiritib keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman.
Kechagi bellashuvda kiritgan gollarimni jamoamiz muxlislariga hamda oila a’zolarimga bag‘ishlayman. Hujumchi uchun to‘purarlar orasida bo‘lish yoqimli" - deb o‘z fikrlarini yakunladi Husayn Norchaev.
"Nasaf" matbuot xizmati.
Fikrlar