Husayn Norchaev "Nasaf" muxlislari bilan ta’sirli xayrlashdi

  • 23 fevral, 2023, 17:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin Rossiyaning "Alaniya" klubiga transferi qilingan Husayn Norchaev "Instagram"dagi sahifasi orqali "Nasaf" bilan xayrlashdi.

Tecno

"Aziz "Nasaf" klubi muxlislari!

Avvalo, Sizlarga katta rahmat aytmoqchiman! "Nasaf"da baxtli edim, g‘alabada ham, mag‘lubiyatda ham birga bo‘ldingiz. Har daqiqa sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizni his etib turdim. Jamoani shunday tarzda qo‘llashda davom etishingizni so‘rab qolardim. Zero, "Nasaf" har doim sizlar uchun o‘ynaydi!

Fursatdan foydalanib "Nasaf"dagi barchaga, rahbariyatdan tortib qorovulgacha, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman! O‘z navbatida Ro‘ziqul Sa’dullaevich Berdievga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har bir o‘yinda bosh murabbiyning ishonchini oqlash uchun maydonga tushdim va jamoa uchun borimni berdim. O‘z gollarim bilan jamoa g‘alabalariga oz bo‘lsa ham hissa qo‘shganimdan faxrlanaman. "Nasaf"dagi faoliyatim yakunlandi, sababi professional faoliyatimda oldinga intilish vaqti etib keldi deb hisobladim. Barcha futbolchilar singari men ham o‘zimni legioner sifatida sinab ko‘rishni istadim.

Faoliyatimni Rossiyaning "Alaniya" klubida davom ettirishga qaror qildim. To‘g‘ri, oldimda Osiyoning bir qator klublaridan takliflar bor edi. Ammo professional futbolchi sifatida yanada o‘sish uchun Evropa futbolida o‘ynashni to‘g‘ri deb bildim. Bundan tashqari, Vladikavkaz klubi o‘zbekistonlik futbolchilar uchun begona emas. Ushbu klubda o‘ynagan o‘zbekistonlik futbolchilarning davomchisi sifatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga, maydonda oxirgi kuchim qolguncha o‘ynashga va’da beraman.

Shuni unutmangki, men doim "Nasaf" muxlisi bo‘lib qolaman. "Nasaf" doim yuragimda koladi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!