Husayn Norchaev: O‘z golim bilan jamoam g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan xursandman

  • 12 sentabr, 2021, 14:18
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Nasaf” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda eng yaxshi futbolchi deb topilgan Husayn Norchaev bellashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

“Bugun bizni qiyin bahs kutib turganini bilardik. Lekin bizga bugun g‘alaba juda zarur edi. Murabbiyimizning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishga harakat qildik va yakunda maqsadimizga erishdik. Bundan muxlislarimiz ham xursand bo‘lishdi, deb o‘ylayman. O‘z golim bilan jamoam g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan xursandman” – deydi Husayn Norchaev.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli futbolchi 8ta gol bilan to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
12/09/2021 15:17
MTJ kelajagi aniq. shu bola Ruziqul aka yana bir rahmat shu bolani shunoqa qilib tarbiyalaganlari uchun. chunki Nasaf nichta uyinlarga kerakli achkolarni berdi bulmasa Hujimchilarni tajribasizlegi evaziga buldi lekin Ruziqul aka yana yana imkoniyat berdila. mana natijasi ohir oqibat. yana bitta zur uyinchi kashv qildila.