
Hushtakbozlik “Roma” yulduzini Rimdan ketishga sabab bo‘ldi
“Roma”ning keyingi davrdagi eng yorqin yulduzlaridan biri Nikolo Dzanolo klubni tark etishga qaror qilgan.
Calciomercato jurnalistlari 23 yoshli futbolchining keskin qarorga kelishiga muxlislarning munosabati ta’sir qilganini aniqladi.
Italiya kubogi doirasida “Jenoa”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv davomida rimlik muxlislar Nikologa nisbatan hushtakbozlik qilgani futbolchiga yoqmagan. Shu sabab, universal o‘yinchi muhitni o‘zgartirishga qaror qildi.
Nikolo Dzanologa asosan Angliya tomonlardan qiziqish bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Italiya terma jamoasi o‘yinchisiga “Tottenxem”, “Lids”, “Arsenal”, “Vest Xem” kabi klublar shartnoma berishga tayyor.
Fikrlar