Ian Garri Islom Maxachevni mag‘lub etadi(mi?)
UFC yulduzi Charlz Oliveyra rossiyalik Islom Maxachev va Irlandiya vakili Ian Garri oʻrtasidagi toʻqnashuv haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
"Ianning Maxachevni magʻlub etish imkoniyati juda katta. Buni Garri mening doʻstim yoki jamoadoshim boʻlgani uchun aytmayapman. Biz irlandning qanday mashgʻulot oʻtayotgani, qay tarzda tayyorlanayotganini koʻrib turibmiz. Toʻgʻri, qarshi tomonda juda kuchli raqib bor. U toʻliq hurmatga loyiq. Lekin ochigʻini aytsam, fikrimcha, Ianning gʻalaba qozonish imkoniyati juda yuqori. Chunki u juda strategik jang qiladi va rejadan chekinmaydi", – dedi Oliveyra.
Eslatib oʻtamiz, Maxachev (28-1) va Garri (17-1) qarama-qarshiligi 16 avgust kuni "UFC 330" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar