
Ibragimovich ertaga "Yuventus"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi? Bosh murabbiy bu savolga aniq javob berdi
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich A Seriyaning 16-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
“Men Zlatanni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan videosi uchun tanbeh berdim. Shundan so‘ng, Ibragimovich "Yuventus" bilan o‘ynay oladimi, deb so‘ragan telefon qo‘ng‘iroqlari meni bombardimon qildi. Zlatan o‘ynamaydi”, - dedi Pioli.
39 yoshli Ibragimovich noyabrdan buyon maydonga tushmayapti. U joriy mavsum “Milan” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Milan" - "Yuventus" uchrashuvi 6 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.
Fikrlar