
Ibragimovich faoliyatini qachon yakunlaydi?
“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola o‘zining 39 yoshli shvetsiyalik mijozi qachon faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.
“Men Zlatanning yoshida charchoq alomatlarini sezgan juda ko‘p futbolchilarni ko‘rdim. Ammo men hali Ibragimovichning charchaganini sezmayapman. Nazarimda u bemalol yana besh yil o‘ynay oladi.
U MLSga sayohat qilib, vaqtini behuda sarfladi. Bundan judayam afsusdaman. U kelajakda futbolni o‘zgartirish uchun UEFAni boshqaradi”, - dedi agent.
Fikrlar